Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish my.gov.uz’da arzonga tushadi
    23.11.2022

    Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilinganidan xabaringiz bor.

    Buning uchun haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

    Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.

    Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun (https://my.gov.uz/uz/service/308) 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lashi lozim.

    My.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.

    Manba: Axborot xizmati