Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Chirchiq shahridagi BPO maktabda o‘qib, yaxshi daromad topish imkoniyati yaratildi
    23.09.2022

    Bugun, 23-sentabr kuni Chirchiq shahrida zamonaviy usulda masofaviy xizmatlar ko‘rsatishga o‘qitadigan BPO maktab ochildi.

    Ushbu ochilish tadbirida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov ishtirok etdi.

    BPO maktabining asosiy vazifasi BPO markazlariga malakali kadrlar tayyorlash, ularga horijiy tillar hamda axborot texnologiyalari sohasida bilim berishdan iborat.

    Ushbu turdagi o‘quv markazlar yoshlar bandligini ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan ishlash imkoniyatini yaratish va IT-xizmatlari eksportini oshirish uchun xizmat qiladi. Endilikda ushbu tashkil etilgan BPO maktab o‘nlab sifatli kadrlarni yetishtirib berishni maqsad qilgan.

    Shu bilan birga, BPO maktabida o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilar bilan AKT vaziri ingliz tilida muloqot qildi.  

    “Bugungi kunda ingliz tilini o‘rganish yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi va o‘z navbatida, biz jahon bozoriga chiqishimizga katta yordam beradi. Shuning uchun siz kabi yoshlarning chet tillari va IT sohasini o‘rganishi orqali yaxshi daromad topish IT eksport hajmini yanada oshirish imkoni beradi”, – dedi o‘quvchilar bilan suhbatda Sh. Shermatov.

    AKT vaziri Sh. Shermatov o‘quv markazning faoliyati bilan yaqindan tanishib, AKT sohasi uchun yetuk malakali kadrlarni tayyorlashda IT markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va BPO markazlar faoliyati kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

    Manba: Axborot xizmati