Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda RIPE NCC Days konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
    22.09.2022

    Bugun, 22-sentabr kuni Toshkentda RIPE NCC Days konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

    Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – O‘zbekistonning mintaqadagi amaliyotda va ta’lim berishda yetakchi degan mavqeiga ega bo‘lishi, shuningdek, mintaqaviy va global domen sohasida Yagona integrator UZINFOCOMning xalqaro aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, ushbu sohadagi vakolatlarni oshirishdan iborat.

    Ushbu konferensiya Internet-industriyasi vakillari uchun mintaqaviy darajada bilim va tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

    Konferensiya doirasida internet bilan bog‘liq turli mavzularda panel muhokamalari va taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar jahon miqyosidagi Internet-industriyadagi o‘zgarishlar to‘g‘risida yangiliklar bilan tanishdilar.

    Tadbirda 150 dan ortiq xalqaro mehmonlar, jumladan, Bank Eskhata OJSC, Spetsavtomatikaservice LLP, ViaIP, NK LLC, Kazakhtelecom JSC, Mail.Ru LLC, Vimcom, Kazakhstan Network Information Center (KazNIC), PS Internet Company LLC, KOLESA LLC, Dot Asia, Aipix, Spitamen Bank, P.A.K.T. LLC va boshqa kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.

    Tadbir doirasida IPv6’ning joriy etilishi, mintaqada Internet almashinuv nuqtasi (IXP) harakatlari va buyumlar interneti (IoT) kabi Internet bilan bog‘liq qator mavzular bo‘yicha yalpi taqdimotlar o‘tkazildi.

    Ma’lumot uchun: RIPE NCC Internet-resurslarni taqsimlash, shuningdek, Internetning ishlashini global qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadigan beshta mintaqaviy Internet ro‘yxatdan o‘tkazuvchilaridan biri hisoblanadi. 

    Manba: Axborot xizmati