eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ayollar mintaqaviy sammiti
    22.09.2022

    Maʼlumki, ayollarning mehnat bozori va iqtisodiyotdagi ishtiroki iqtisodiyot va tadbirkorlikning rivojlanishiga sezilarli darajada yordam beradi. 

    Shu maqsad yoʻlida joriy yilning 21-sentabr kuni Toshkent shahrida “Ayollarning savdodagi oʻrni: Markaziy Osiyoda toʻsiqlar, imkoniyatlar va ilgʻor tajribalar” mavzusida ikkinchi ayollar mintaqaviy sammiti boʻlib oʻtdi. 

    Ushbu sammit USAID'ning Markaziy Osiyodagi savdo yoʻnalishidagi faoliyati, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda AQSHning Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

    Unda AKT vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova “Global savdoda elektron tijoratning oʻrni: rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollar elektron tijoratdan qanday foydalanishi mumkin?” mavzusida elektron tijorat yoʻnalishida bir qancha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha taqdimot bilan ishtirok etdi. 

    Mazkur sammitda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 100 dan ortiq ishbilarmon ayollar, biznes soha vakillari, faollar, ishbilarmon ayollar uyushmalari, davlat idoralari va nodavlat-notijorat tashkilotlaridan vakillar qatnashdi. 

    Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, faqat ish haqi boʻyicha gender tafovutni bartaraf etish global boylikni 160 trillion dollarga oshiradi.

    Maʼlumot oʻrnida, AKT vazirligi tashabbusi bilan, 2022-yilda elektron tijorat boʻyicha oʻquv kurslar tashkil etilib, tadbirkor ayollarga Amazon va Ebay kabi elektron savdo maydonchalari orqali oʻz mahsulotlarini sotish va yetkazib berish imkoniyati yaratildi.

    Manba: Axborot xizmati