Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park Universityda o‘qish uchun 10 ta ta'lim granti e’lon qilindi
    22.09.2022

    Biz IT Park University abituriyentlari uchun Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi grantini e’lon qilishdan mamnunmiz. Eng yaxshi 10 nafar talaba ITPUda ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

    Grant olish uchun 30-sentabrgacha quyidagi amallarni bajarish kerak:

    1. Hujjatlarni ITPUga topshiring (itpu.uz)
    2. Ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldiring: https://bit.ly/3LrDk80

    ATKRV granti uchun tanlov mezonlari:
    – Ingliz tilini bilish darajasi 
    – Attestatdagi o‘rtacha ball
    – Motivatsion xat (faqat ingliz tilida)
    – IT sohasidagi turli mukofotlar / yutuqlar / sertifikatlar

    Eng munosib talabalar ATKRV tomonidan ITPUda ta’lim grantiga ega bo‘lishadi.

    Qo‘shimcha ma’lumot itpu.uz saytida yoki tel: +998 55 503 99 99

    Manba: Axborot xizmati