eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ko‘kdalada IT Park
    21.09.2022

    AKT vaziri Sh. Shermatov yangi tashkil etilgan tumanda barcha aloqa korxonalari joylashadigan IT Park obyektining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

    Ko‘kdala tumanida IT Park filiali tashkil etilishi Qashqadaryo viloyatida AKT sohasida xizmatlar ulushini ko‘tarish va viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yoshlarga yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

    Tanishuv jarayonida Sh. Shermatov qurilayotgan IT Park filialida ishlarni tizimli amalga oshirish, tumanda IT eksport hajmini yo‘lga qo‘yish, yoshlarga munosib ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, BPO va KPO xizmatlar yo‘nalishda markazlar faoliyatini ham tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

    O‘z navbatida qurilayotgan obyektlarda ishlarni jadallashtirish va ularning sifatli qurilishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklandi.

    Manba: Axborot xizmati