Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Sherzod Shermatov IT Park Samarqand filialiga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qildi
    24.08.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi davomida IT Park Samarqand hududiy filialiga tashrif buyurdi. 

    AKT vaziri tashrif davomida filialda faoliyat yuritayotgan IT mutaxassislari bilan uchrashib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

    Shu bilan birgalikda, filialda ta’lim olayotgan yoshlarning dars jarayonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Yoshlarning sifatli bilim olishni ta’minlash, ularga yetarlicha sharoitlar yaratish, shuningdek, AKT sohasiga jalb qilish va bu sohaga ularning qiziqishini yanada oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

    O‘z navbatida, AKT vaziri IT Park Samarqand hududiy filiali faolitini kengaytirish, chet davlatlarga xizmatlarni eksportini oshirish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berdi.

    Manba: Axborot xizmati