Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Digital City akademiyasi bitiruvchilari endi O‘zbekiston – Sharda Universitetiga imtihonlarsiz qabul qilinadi
    11.08.2022

    Andijon Digital City texnoparkining IT-akademiyasida tahsil olib, muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar tavsiyanoma asosida O‘zbekiston – Sharda universitetiga imtihonsiz qabul qilinadi va ularga universitet kontrakt to‘lovi summasining 50 foizgacha chegirmalar beriladi, shuningdek, Digital City hamda Sharda universitetining eng yaxshi talabalari Hindistonning Bangalur shahrida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

    Bu haqda O‘zbekistondagi Sharda universitetining rektori Sanjay Palning Digital City texnoparkiga tashrifi doirasida Digital City texnoparki hamda O‘zbekiston – Sharda universiteti o‘rtasida imzolangan Kelishuv memorandumida belgilab olindi va kelishuvga erishildi.

    Shuningdek, o‘zaro muloqot davomida texnopark va universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama tajriba almashish, axborot texnologiyalari yo‘nalishida talabalar uchun qo‘shma dasturlar, seminarlar va loyihalarni tashkil etish, Sharda talabalari uchun texnoparkda malakaviy amaliyot o‘tash, talab va imkoniyatlardan kelib chiqib bitiruvchi yoshlarni ishga joylashishiga ko‘maklashish kabi masalalar muhokama qilindi.

    Tashrif mobaynida mehmonlar texnoparkda yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va Raqamli shahar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda texnopark o‘quvchilari bilan muloqot qildilar.

    Manba: Axborot xizmati