Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Joriy etilgan my.gov.uz, ijro.gov.uz, pm.gov.uz, project.gov.uz, regulation.gov.uz kabi qator axborot tizimlari orqali aholi va tadbirkorlarni rozi qilish hamda idoralararo hamkorlikni oshirish bo‘yicha masalalar muhokama etildi
    09.08.2022

    Bugun, 9-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni joriy etishda bevosita ishtirok etayotgan vazirlik, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining shu masalada mas’ul bo‘lgan rahbarlari bilan video selektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

    Yig‘ilishdan asosiy maqsad – Prezident tomonidan belgilangan topshiriq, ya'ni barcha sohalarda raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishdir. 

    Bugungi video selektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirish, aholi va davlat organlari og‘irini yengil qilish, xarajatlarini qisqartirish, korrupsiyani yo‘qotish hamda yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash kabi yirik maqsadlar ko‘zlangani aytib o‘tildi.

    Tahlillarga asoslanib o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda, oxirgi 5 yilda qator vazirlik va idoralar bilan birga, joriy etilgan axborot tizimlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanmayotgan yoki ularni doimiy ishlab turishi uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotlarga aniq choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

    Shu bilan birga, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari tomonidan belgilangan vazifalarni bajarishda kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilayotganligi aytib o‘tildi. Bu masalada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni vaqtida bajarish uchun aniq vazifalar belgilab berildi.  

    Bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri aholi va tadbirkorlarga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishdir. Shu maqsadda joriy yilda aholi va tadbirkorlarga 30 dan ortiq ommabop elektron xizmatlar joriy etilib, ularning soni 340 taga yetkazildi. 

    Natijada, foydalanuvchilar soni yil boshidan 900 mingtaga ko‘payib, 2 milliontaga yetdi. Joriy yilda 6 million 200 ming elektron xizmat ko‘rsatilib, aholining 21,6 milliard so‘mi iqtisod qilindi.

    Aholi va tadbirkorlik subyektlariga ushbu xizmatlar doimiy ravishda (7/24 rejimida) taqdim etilishi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulangan 30 dan ortiq mutasaddi idoralarning 150 ga yaqin veb-servislari ishlab turishi lozim.

    Biroq bugungi kunda texnik uzilishlar tufayli bir qator davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklanib qolmoqda hamda aholi va tadbirkorlarning noroziligiga sabab bo‘layotganligi alohida ta’kidlandi. 

    Shu bilan birga, yig‘ilishda Yagona portal orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining muddatlari buzilayotgani foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘lib, elektron xizmatlarga bo‘lgan ishonchni sustlashishiga sabab bo‘layotgan ko‘rsatib o‘tildi. 

    Bundan tashqari, yig‘ilishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz)gi murojaatlar va arizalarni ko‘rib chiqish hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomining idoralararo yagona elektron tizimiga ulanganlik holati, Prezident Virtual qabulxonasidagi (pm.gov.uz) murojaatlarni va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida (project.gov.uz) normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish holati ham o‘rganilib, muhokama qilindi.

    Yuqorida aytib o‘tilgan axborot tizimlarining doimiy ravishda ishlab turishi, davlat va xo‘jalik organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushayotgan taklif va murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, tegishli munosabat bildirilishi amalga oshirilayotgan islohotlar orqali ko‘zlagan maqsadlarga tezroq yetishish uchun xizmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati