Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ozarbayjon Respublikasidan iborat delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    08.08.2022

    Ozarbayjon Respublikasidan iborat delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Dastlab, Ozarbayjonning Azln Telecom raqamli rivojlantirish va transport vazirligi mutaxassislari “Unicon.uz” DUK, so‘ngra “Unicon. Soft” MJCH jamoasi bilan yaqindan tanishdi.

    Tashrif chog‘ida mehmonlarga Ijro.gov.uz tizimining oldiga qo‘ygan maqsadli vazifalari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.

    Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Unicon Soft jamoasi mutaxassislari tomonidan mehmonlarga bugungi kundagi eng aktual bo‘lgan tizimlarning sohada erishgan yutuqlari haqida aytib o‘tildi.

    Shuningdek, Ijro.gov.uz tizimining yutuqlari hamda oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar taqdim etishdi. Uchrashuvda mehmonlar o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan tizimlar to‘g‘risida ham ma’lumot berdilar. Tadbir so‘ngida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik soha uchun samarali bo‘lishiga ishonch bildilar.

    Manba: Axborot xizmati