Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik tashabbusi bilan yangi loyihaga start berildi
    20.07.2022

    2022-yil 19-iyul kuni Toshkentda ayollarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan «GAP» IT sohasida ayollar klubi loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Soʻnggi yillarda hukumat ayollarning jamiyatdagi roli va nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Buni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.

    Yuqorida qayd etilgan islohotlar doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan va IT Park hamkorligida yangi loyiha — “GAP” deb nomlangan IT sohasida ayollar klubi tashkil etildi.

    Tadbirda AKT vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, AKT xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Umida Musayeva, IT Park vakillari, kompaniya rahbarlari, loyiha menejerlari, IT sohasida muvaffaqiyatga erishgan ayollar ishtirok etdilar.

    Bundan tashqari, “Finextra” IT-kompaniyasi direktori Nargis Dusmatova, “Khan Academy Uzbek” loyihasining hammuassisi Nigora Arifjanova va “Websale Distribution” IT-kompaniyasi art-menejeri Dilorom Xudoyarova o‘z loyihalari haqida gapirib, IT sohasida erishgan tajribalari bilan boʻlishdilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar.

    Loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad xotin-qizlarni IT-sohasiga jalb qilish hamda ularning sohaga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishdir.

    Ta’kidlash kerakki, ayollarni AKT sohasida o‘qitish va rivojlantirish kelajakda ularga yuqori maoshli ish topish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, oʻzlariga qulay jadvalda ishlashni orzu qiladigan ayollar va frilanserlar uchun aktual. Bundan tashqari, bu har bir ayolning oʻz daromadiga egaligi va moliyaviy jihatdan mustaqil boʻlishiga imkon yaratadi.

    Tadbirning rasmiy qismi yakunlangach, ishtirokchilar motivatsion filmni birgalikda koʻrishga va o‘zaro muloqot qilib, do’stona munosabatlarni o’rnatishga muvaffaq boʻlishdi.

    Endilikda klub a’zolari har oy rasmiy va norasmiy qismlarni oʻz ichiga olgan tadbirlarni oʻtkazadi.

    Manba: Axborot xizmati