Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yevropa – O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) orqali Yevropa davlatlarining yirik IT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishda hamkorlik qilishga kelishildi
    18.07.2022

    Bugun, 18-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) Bosh kotibi Oybek Shayxov bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    Uchrashuvda AKT sohasida o‘zaro hamkorlik qilish, Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) orqali Yevropa davlatlarining yirik IT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishda hamkorlik qilish hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida gaplashildi.

    Uchrashuv davomida AKT vaziri mamlakatimizda ham autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlanganini aytib o‘tdi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlashdan iborat ekanligini qayd etdi.

    Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik qilish borasidagi fikr va mulohazalari tinglandi. Kelgusida manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha masalalar gaplashib olindi.

     Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati