Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziriga yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha maslahatchi tayinlandi
    04.07.2022

    Kamola Shavkatovna Sobirova O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

    U AKT vazirligida yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

    Kamola Shavkatovna Sobirova (Rahmonova) 1983-yil 13-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

    Faoliyatini 2001-yili O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” kanalida tarjimonlikdan boshlab, turli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda mas’ul vazifalarda davom ettirgan.

    U rus, ingliz va ispan tillarini biladi. Oilali. 4 nafar farzandi bor.

    Ma’lumot uchun, vazirlikning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i – Matbuot kotibi Sherzod Axmatov o‘z lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

    Manba: Axborot xizmati