eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Forish tumanining bir nechta olis hududlari optik tolali internet bilan ta’minlanmoqda
    23.06.2022

    Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK  tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar Jizzax viloyatining olis hududlarda ham o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.

    Xususan, kompaniyaning Jizzax filiali mutaxassislarining sa’y-harakatlari bilan Jizzax viloyatining chekka aholi maskanlariga qadar optik tolali aloqa tarmog‘ini tashkil etish dasturi doirasida Forish tumaning og‘ir hududlari bo‘lgan Oqtom, Egizbuloq, G‘ozg‘on, Sayyod, Osmonsoy va Qizilqum aholi maskanlariga qadar 50 km masofada yer osti orqali optik aloqa kabellari yotqizildi.

    Ushbu ishlar orqali aholiga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratib berilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati