Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistondagi startaplarni qo‘llash uchun “Plug and Play” Toshkentda ochiladi
    23.06.2022

    AKT vaziri AQSH bilan AKT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, IT-sohasidagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda yangi kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi.

    Asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 14-aprel kuni axborot texnologiyalari sohasidagi natijalar va joriy yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni amalga oshirishdir.

    Shu maqsadda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida “Plug and Play” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

    Unda AKT vaziri Sh. Shermatov ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida “Plug and Play” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda BPO va KPO xizmatlarini ko‘rsatish uchun iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

    Shuningdek, AKT vaziri “Plug and Play” kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish masalalari muhokama qildi.

    Shuningdek, “Plug and Play” O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochsa, startaplarni qo‘llash va saralash hamda ularni o‘sishiga yordam beradi, katta korporatsiyalar bilan bog‘laydi, venchur kapital sarmoyalarini jalb etishga ko‘maklashadi. Bu kabi unikal ekotizimni bizda ham tashkil etilishi yoshlarimizning yangi startaplari orasidan UNICORN darajasigacha chiqqan loyihalar bo‘lishi uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘lishini alohida ta’kidladi AKT vaziri.

    Eslatib o‘tamiz, “Plug and Play” – startaplar, korporatsiyalar, universitet va davlat idoralarini birlashtiruvchi yetakchi innovatsion platforma. Kompaniya besh qit’ada 40 dan ortiq manzillarda faoliyat yuritadi, bosh ofisi esa Silikon vodiysida joylashgan.

    Manba: Axborot xizmati