Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri AQSHda Jahon Banki vakili bilan yangi qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
    22.06.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi AQSHga tashrifi doirasida Jahon Bankining raqamli rivojlanish kotibiyati direktori Kristin Jenvey Kiang bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    AKT vaziri Sh. Shermatov ishtirok etgan ushbu uchrashuvda hukumatning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishni keng va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Raqamli O‘zbekiston” ko‘p bosqichli investitsiya operatsiyasi “soyabon” shaklidagi Dasturning amalga oshirilish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, “2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” doirasida raqamlashtirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar masalasiga ham e’tibor qaratildi.

    Shu bilan birga, “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” deb nomlangan kichik maqsadli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish loyihasini o‘z ichiga olgan ushbu asosning birinchi bosqichini amalga oshirishda O‘zbekiston uchun Jahon Bankining Xalqaro rivojlanish assosiatsiyasidan mablag‘ ajratish bo‘yicha ham fikr va mulohazalar almashildi.  

    Manba: Axborot xizmati