Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri AQSHda “Reface and Roosh Ventures Investment Fund” rahbari bilan uchrashdi
    21.06.2022

    Joriy yilning, 20-iyun kuni kunning ikkinchi yarimida, Nyu-York shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va “Reface and Roosh Ventures Investment Fund” rahbari Sergey Tokarev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari va tibbiyot sohasidagi loyihalar muhokama qilindi. 

    AKT vaziri Sh. Shermatov O‘zbekiston jahonning qator reytinglarida yuqori pog‘onadagi o‘rinlardan joy olayotgani hamda kelajakda O‘zbekistonni mintaqaviy yirik IT-xabga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlandi. 

    Shuningdek, uchrushuvda O‘zbekistonda IT-kompaniyalar uchun qanday qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani va joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan AKT haftaligi haqida uchrashuvda gapirib berildi hamda kompaniya vakillarini ushbu haftalikda ishtirok etishlari uchun taklif etildi.

    Manba: Axborot xizmati