Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Kuvayt davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi
    02.06.2022

    Bugun, 2-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Kuvayt davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid al-Jiyron bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda ikki tomonlama hamkorlik, O‘zbekiston va Kuvayt davlatlari o‘rtasida o‘zaro axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, shuningdek, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-ta’lim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

    Kuvayt davlati qator yo‘nalishlarida sezilarli yutuqlarga erishayotgani, shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron hukumat sohalarida erishgan natijalari, orttirgan tajribalari ahamiyatli ekanligi ta'kidlandi.

    Shuningdek, Kuvayt davlati elchisi O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, AKT sohasida mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazavorligini ma’lum qildi.

    Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Kuvayt oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati