Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kibersport bo‘yicha SCO STUDENTS CUP chempionatining play off bosqichiga start berildi
    30.05.2022

    30-may – 2-iyun kunlari Toshkent shahri Inha universitetida ShHT sammiti doirasida a’zo davlatlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha SCO STUDENTS CUP chempionatining play off bosqichi va finali bo‘lib o‘tadi.

    Tadbir IT Park tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi ko‘magida va INHA universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    30-may kuni SCO Students cup xalqaro turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

    AKT vaziri so‘nggi yillarda yurtimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani, shular qatorida Kibersport rivoji uchun ham yetarlicha sharoitlar yaratib berilayotganini ta’kidlab, ushbu xalqaro turnirda ishtirok etayotgan jamoalarga mavaffaqiyatlar tiladi. 

    CS: GO va DOTA 2 bo‘yicha turnirlarda jami 50 ta jamoa ishtirok etadi. Ishtirokchilar geografiyasi O‘zbekiston, Qirzog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Rossiya kabi mamlakatlar kiradi. Umuman olganda, turnir 1000 dan ortiq kibersportchilarni qamrab olgan.

    Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qiladi. Ulardan har bir intizom bo‘yicha g‘oliblarga 50 million so‘mdan, 2-o‘rinni egallagan jamoalarga 30 million so‘mdan, yakuniy jadvalning 3- va 4-qatorlarida joylashgan jamoalarga 10 million so‘mdan beriladi.

    CS: GO va DOTA 2 g‘olib-jamoalarini taqdirlash marosimi 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

    Manba: Axborot xizmati