Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • mGovAward tanlovning finali 4-iyun kuni Astrum IT akademiyasida bo‘lib o‘tadi va unda jamoalar bosh sovrin – 100 000 AQSh dollari uchun bellashadilar
    20.05.2022

    2022-yilning 10-mayidan 20-mayiga qadar ekspertlar mGovAward tanlovida ishtirok etish uchun topshirilgan loyihalarni baholab, final bosqichiga yol olganlar aniqlandi.

    mGovAward mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi davlat xizmatlari sohasida mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli tanlovdir.

    Musobaqada ishtirok etish uchun jami 104 ta ariza topshirilgan bo‘lib, ulardan 84 tasi saralab olindi.Loyiha g‘oyalari vazirliklar va BAA hukumati ekspertlari tomonidan baholandi. Ekspertlar kengashining baholash natijalariga ko‘ra, musobaqa finaliga 20 ta jamoa yo‘l oldi.

    Tanlovning finali (Demo Day) 4-iyun kuni Astrum IT akademiyasida bo‘lib o‘tadi va unda jamoalar bosh sovrin – 100 000 AQSh dollari uchun bellashadilar.

    Batafsil: https://bit.ly/3sLRSaO

    Manba: Axborot xizmati