Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Marg‘ilon Raqamli texnologiyalar markazi bilan tanishib, IT loyihalarini yanada takomillashtirish va ko‘proq yoshlarga internet orqali yuqori daromad topishni o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar berdi
    12.05.2022

    Bugun, 12-may kuni Farg‘ona viloyatidagi “Raqamli texnologiyalar markazi direksiyasi” UK (RTM)ga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov tashrif buyurdi.

    AKT vaziri ushbu muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, 22 ta IT yo‘nalishdagi o‘quv dasturlari va kelgusi rejalar haqida fikrlar almashildi.

    Hozirgi kunda ushbu markaz tomonidan kompyuter savodxonligi, grafik dizaynerlik, 3D modellashtirish, SMM, C# .NET, C++, Python, chet tillari va boshqa bir qancha yo‘nalishlarda o‘quv kurslari tashkil etilgan. Markazda dasturiy ta’minot yaratish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi 7 ta jamoa faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

    AKT vaziri tashrif davomida markazdagi yosh IT mutaxassislar va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot qildi va yosh dasturchilarning dasturiy mahsulotlari bilan tanishib, ularga o‘z tavsiyalarini berdi.

    Shuningdek, markazda ta’lim olib, o‘zining ilk karyerasini RTMda boshlab, keyinchalik IT Park rezidentiga aylangan yosh IT kompaniyalar faoliyatlari bilan ham tanishildi. Shular jumlasiga, Codial, Ali Dizayn Akademiyasi, ZET academy, CRUD Group, Lingo Master markazlarini misol keltirish mumkin.

    Shu kunga qadar Raqamli texnologiyalar markazini 10 321 nafar bitiruvchi tamomlagan bo‘lib, hozirda markazda 36 nafar xodim va 80 dan ortiq frilanserlar faoliyat yuritib kelmoqda.

    Manba: Axborot xizmati