Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon banki bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
    28.01.2022

    Bugun, 28-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbar xodimlari va Jahon banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

    Muloqot davomida O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimiz bu borada salmoqli yutuqlarga erishdi. Zamonaviy normativ-huquqiy baza yaratilib, iqtisodiyotning strategik tarmoqlariga axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” keng ko‘lamli dasturi amalga oshirilmoqda.

    Shuningdek, yig‘ilishda sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar ham muhokama qilindi. Vazifalarni batafsil o‘rganish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga qaror qilindi.

    Manba: Axborot xizmati