Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrigi
    14.01.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi barcha harbiylarni, tinchlik posbonlarini, jumladan askar, serjantlar, ofitser va generallarni, Qurolli Kuchlarimiz faxriylarini, ular orqali esa butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

    O‘zbekistonda tashkil etilgan noyob tizim – harbiy-maʼmuriy sektorlar joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish uchun imkonni berib kelmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, “Хalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ulug‘ g‘oyani amalda taʼminlashga xizmat qilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari respublikamiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishning chinakam kafolati bo‘lib kelmoqda.

    Eng asosiysi, O‘zbekiston milliy armiyasi har qanday tahdid va xavf-xatarga qarshi munosib zarba bera oladigan el-yurt tayanchi va suyanchiga, yoshlar va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik va sadoqat ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylana oldi.

    Taʼkidlash kerakki, milliy armiyamizning kuch-qudrati azmu shijoatli va har ishda yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimizning, bag‘rikeng va olijanob xalqimizning birligi va hamjihatligidadir.

    Ishonchimiz komilki, ana shunday buyuk maʼnaviy qudrat manbai bor ekan, el-yurtimizning tinch va osoyishta hayoti, Vatanimiz mustaqilligiga hech qanday yovuz kuch rahna sololmaydi, demokratik islohotlarimiz yo‘lidan hech qachon ortga qaytara olmaydi.

    Aziz vatandoshlar!

    Siz, azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor tabriklaymiz.

    Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

    Har doim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi .

    Manba: Axborot xizmati