eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Yagona integrator - UZINFOCOM loyihalari bilan tanishdi
    28.12.2021

    27-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” faoliyati bilan tanishdi.

    Dastlab AKT vaziri data markazga tashrif buyurdi. Yagona integrator ega bo‘lgan server quvvatlari va markazning moddiy-texnik bazasi bilan tanishdi.

    Shundan so‘ng Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tizimdagi yangilik va yangilanishlar, ayni paytda aholiga qanday imkoniyatlar taqdim etilayotgani, 2022-yil uchun mo‘ljallangan reja va vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

    UZINFOCOM jamoasi tomonidan ishlanayotgan loyihalar, My ID - shaxsni biometrik identifikatsiya qilish tizimi, Nis.uz milliy qidiruv tizimi, Ziyonet ta’im portali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, agrar, transport, madaniyat, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

     

    Manba: Axborot xizmati