Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Estoniya va O‘zbekiston o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
    26.11.2021

    Bugun, 26-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Estoniya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Toomas Tirs bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlatlar orasida elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT ta’lim, IT tadbirkorlik sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgan masalalarni ko‘rib chiqishdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov ta’kidlaganidek, bugungi kunda Estoniya elektron hukumat sohasida jahonda yetakchilik qilayotgan davlatlar qatoridan o‘rin olgan. Uning tajribasini o‘rganish va o‘zlashtirish, malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish sohadagi bugungi vazifalardan biridir.

    Shuningdek, Estoniya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi T. Tirs O‘zbekistonda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berib, kelgusida ikki davlat o‘rtasida AKT sohasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanligini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati