Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida IT-loyihalar tanlovi o‘tkazildi
    26.11.2021

    Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida “Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovi tashkil etildi. Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Xorazm viloyati boshqarmasi, IT-Park, TATU Urganch filiali va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

    Tanlov ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sport va turizm, davlat xizmatlarini rivojlantirish, qurilish, arxitektura va transport, qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda tashkil etildi.

    Tanlovda ishtirok etgan yoshlar tomonidan ushbu yo‘nalishlarda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar taqdimot qilindi. Yoshlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqilib, ular orasidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar taqdirlandilar.

     

    Manba: Axborot xizmati