Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “Qo‘ytosh” radioteleuzatish stansiyasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi
    18.10.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Jizzax viloyatidagi xizmat safari doirasida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK Samarqand radioteleuzatish markaziga qarashli Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Qo‘ytosh” radioteleuzatish stansiyasi faoliyati bilan tanishdi.

    “Qo‘ytosh” radioteleuzatish stansiyasi (RTS) Jizzax viloyati G‘allaorol tumani, Qo‘ytosh shaharchasidan 10 kilometr uzoqlikda dengiz sathidan 1905 metr balandlikda joylashtirilgan. Stansiyada 72 metr balandlikdagi antena machta inshooti mavjud bo‘lib, unga o‘rnatilgan antenalar orqali Jizzax, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari aholisiga televideniye va radio signallarni uzatib berish imkoniyati mavjud.

    Ko‘rilayotgan choralar doirasida “Qo‘ytosh” radioteleuzatish stansiyasida qator analog va raqamli televideniye va radiokanallarni uzatilishi yo‘lga qo‘yildi.

    2020-yildan boshlab esa stansiyada olib borilgan modernizatsiya ishlari natijasida “UzdigitalTV” MChJga qarashli 1-yopiq to‘plam efirga uzatilishi yo‘lga qo‘yildi.

    AKT vaziri Sh.Sodiqov bevosita tashabbusi bilan ko‘p yillardan buyon RTSdagi avtotransport muammosi ijobiy hal qilinib, Rossiyada ishlab chiqarilgan «YENESEY» STM-1993055 rusumli maxsus ishlab-chiqarish texnologik transport vositasi xarid qilindi va 2020-yil yanvar oyida olib kelinib “Qo‘ytosh “ RTSga yetkazildi.

    Mazkur maxsus avtotransport vositasi bilan ushbu RTSda o‘rnatilgan barcha texnik qurilmalarni uzluksiz va barqaror ishlashi, ishchi xodimlarni obyektga kelib-ketishiga,obyekt faoliyati uchun zarur bo‘ladigan qurilma va yoqilg‘i-moylash maxsulotlarini tashish uchun juda qulay sharoit yaratmoqda.

    2021-yil yanvar oyida Jizzax viloyatida “Jizzax” radiodasturlarining qamrov hududini viloyat miqyosida kengaytirish maqsadida, Qo‘ytosh RTSda modernizatsiya qilish orqali radiouzatkich quvvati kuchaytirildi va hududga uzatilayotgan MTRKning viloyat radiosining qamrovi bir necha borabar kengaydi.

    Shuningdek, AKT vaziri Sh. Sodiqov RTSning xodimlari bilan suhbatlashib, RTSda o‘rnatilgan yangi zamonaviy raqamli teleuzatkichlarni ko‘zdan kechirdi va 2021-yilda “Qo‘ytosh” RTS hududida olib borilgan obodonlashtirish va texnik xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati