Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati bilan litsey o‘quvchilari yaqindan tanishdi
    15.10.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati va o‘quv jarayoni bilan TATU Samarqand filiali qoshidagi Akademik litsey o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari yaqindan tanishdi.

    Uchrashuv davomida universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, mehmonlar mavjud laboratoriya va o‘quv xonalari bilan tanishtirildi.  Jumladan, TATU Media markazi faoliyatiga to‘xtalib, o‘quvchilar bilan universitet rektori o‘rtasida suhbat o‘tkazildi. Unda yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

    Shundan so‘ng, zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan televideniye studiyasi,  unda tasvirga olish jarayoni,  ovoz yozish,  montaj ishlari hamda  video-audio elektron darslarni tayyorlash va amaliyot xonalari bilan tanishdilar.

    Manba: Axborot xizmati