Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida mobil aloqa xizmatlari takomillashtirilmoqda
    13.10.2021

    Joriy yil natijalariga ko‘ra, Navoiy viloyatidagi 422 ta aholi punktiga 268 ta “Mobiuz” tayanch stansiyalari xizmat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda Karmana, Qiziltepa, Nurota, Navbahor tumanlarining bir qator chekka hududlari mobil aloqa va mobil internet bilan ta’minlandi.

    Hozirgi vaqtda “Mobiuz” yangi texnik obyektlarni qurish va ishga tushirish ustida faol ishlamoqda. Navoiy viloyatida joriy yil oxiriga qadar 100 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini, shu jumladan, mutlaqo yangi obyektlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Bunga parallel ravishda, transport tarmog‘i, modernizatsiya qilish amalga oshiriladi.

    Shu bilan birga, “Mobiuz” kompaniyasi xizmat ko‘rsatish ofislari va tijorat hamkorlarining savdo shahobchalari sonini ko‘paytirish, abonentlarga iloji boricha yaqin masofada bo‘lishga intilmoqda. Bugungi kunda Navoiy viloyatida tijorat hamkorlarining 100 dan ortiq savdo shoxobchalari mavjud.

    Viloyatning barcha tumanlarida odamlar gavjum joylarda xizmat ko‘rsatishga imkon beruvchi 24 ta ko‘chma savdo ofislari ham faoliyat yuritmoqda.

    Shu bilan birga, “Mobiuz” kelajakda tijorat hamkorlarining yangi eksklyuziv va ko‘chma savdo ofislarini ochish shuningdek, turli aksiyalar o‘tkazish, ular doirasida abonentlar uchun qulay va foydali takliflar taqdim etishni rejalashtirgan.

     

    Manba: Axborot xizmati