Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Haydovchilik guvohnomasini olish imtihoniga elektron tarzda ariza topshirish mumkin
    12.10.2021

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi “Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish” davlat xizmati ishga tushdi.

    Ushbu xizmat orqali fuqarolar haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursini tamomlagach, o‘z hujjatlarini Ichki ishlar vazirligining hududiy ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga yuborishadi.

    Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va  083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma kabi hujjatlar talab etiladi.

    Portal orqali ariza yuborilgach, ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari fuqaroga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tekshirib, nazariy va amaliy imtihonlarga kirishga ruxsat berishadi. Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanilganda 10 foiz chegirma tufayli 24 300 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

    Manba: Axborot xizmati