Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatida birinchi IT-texnikum tashkil etildi
    09.10.2021

    Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qo‘shadigan, zamonaviy talablarga javob beradigan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

    Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takmollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 288-sonli qarori va Andijon viloyat Hokimining 2021 yil 10 maydagi 161- sonli qarorlari asosida Andijon tumanidagi Mashinasozlik texnikumi negizida “Andijon axborot texnologiyalari texnikumi” tashkil etildi.

    Viloyat mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, IT-texnikumning bino va inshootlari rekonstruksiya qilindi, hududlarini obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar natijasida 150 o‘rinli yotoqxona tashkil etilib qayta jihozlandi va foydalanishga topshirilishga tayyor holatga keltirildi, shuningdek, 2 ta kompyuter sinf xonalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, 40 ta monoblok jamlanmasi va mebellar bilan ta’minlandi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash uchun tashkil etilgan texnikumga 2021/2022 o‘quv yilida talabalarni qabul qilish bo‘yicha 540 ta kvota ajratilgan.

    Manba: Axborot xizmati