Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litseyida “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi
    24.09.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qoshidagi akademik litseyida “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

    Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, TATU Samarqand filiali,  akademik litsey rahbar va xodimlari hamda yoshlar faol ishtirok etishdi.

    Inkubatsiya va akseleratsiya markazining tantanali ochilish marosimida AKT vaziri Sh. Sodiqov yoshlarga murojaat qilib, bugungi yoshlar yurtboshimizning ishongan umidli dasturchilari bo‘lib, ular tomonidan yaratadigan dasturlar nafaqat butun O’zbekistonning, balki jahonda ham mashxur bo’lishini  ta’kidladi.

    Tadbir doirasida akademik litseyda tahsil olayotgan yosh robototexnik ixtirochi Qayumov Jo’rabek tomonidan yaratilgan ixtirolarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, “Yosh kitobxon” ko’rik-tanlov viloyat g’olibi “Yangi O’zbekiston strategiyasi” nomli asar tahlili bo’yicha insholar ko’rik- tanlovi g’olibi Bahriddinova Saodat o’zining “Yangi O’zbekistonning yoshlari, olg’a” nomli she’ri bilan ijodiy chiqish qildi.

    Bugungi kunda yuqori texnologiyalar hamda zamonaviy ilm-fanni mukammal egallash har qanday davlat taraqqiyotining ajralmas qismidir. Shu so‘zlarning ma’nosini chuqur anglagan holda, kelajak avlodlarning hamda yurtimizning barcha viloyat va tumanlarida, shahar va qishloqlarimizdagi yoshlarning har tomonlama barkamol va kuchli intellekt egalari bo‘lib kamol topishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga harakat qilinmoqda.

    Manba: Axborot xizmati