Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “Telecom innovations” MChJ korxonasining zamonaviy mahsulotlari bilan tanishdi
    17.09.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Navoiy viloyatida joylashgan “Telecom innovations” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi.

    “Telecom innovations” MChJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi bo‘lib, 2010-yilda Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etilgan. Zavod yiliga 120 ming ta telekommunikatsion uskunalarni ishlab chiqara oladi. Mahsulotning mahalliylashtirish darajasi esa 80 foizgacha yetkazilgan. Hozirda zavodda 85 kishi faoliyat ko‘rsatadi. Ishchi xodimlarning 55 foizi kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarini tashkil etadi.

     Hozirgi kunda korxonada monoblok kompyuterlar, smartfonlar, routerlar, ayniqsa, aholi ehtiyojiga koʻra elektr jihozlari, spliterlar, led-panellar, routerlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa, kelajakda nafaqat mahalliy bozorning ehtiyojlarini qondirishga, bundan tashqari eksport qilinadigan mahsulotlar sonini yanada koʻpayishiga xizmat qiladi.

    Soha rahbari korxona mutaxassislari bilan ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish, tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, ularni  mahalliy hamda  tashqi bozorga chiqarish yuzasidan suhbatlashdi. Shu bilan birga, korxonada mehnat qilayotgan yosh xodimlar va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

    Manba: Axborot xizmati