Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon yoshlariga “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha ma’lumot berildi
    17.09.2021

    Joriy yilning 17-sentabr kuni Andijon shahrida joylashgan “Digital city” texnoparkida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va “Digital city” texnoparki rahbariyati bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasining targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirida Andijon shahridagi 11- 37- va 55- umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan jami 120 nafar o‘quvchi yoshlar qatnashdilar.

    Viloyatdagi yoshlarni zamonaviy kasbga yo‘naltirish va ularni kelajak kasbi hisoblangan IT dasturlash bo‘yicha sifatli va bepul onlayn masofaviy ta’limga jalb etish maqsadida o‘tkazilgan taqdimotda ishtirokchilarga loyihaning mazmun mohiyati, platformadan ro‘yhatdan o‘tish tartiblari, onlayn o‘quv mashg‘ulotlari va videokurslar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohadagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Sohaga oid bo‘lgan qiziqarli savol-javob shaklida o‘tkazilgan taqdimotda faol ishtirok etgan maktab o‘quvchilaridan 14 nafariga “Digital city” texnoparki IT-akademiyasi o‘quv kurslarida bepul o‘qishlari uchun imtiyozli yo‘llanma berildi.

    Manba: Axborot xizmati