Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida saylov uchastkalari telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlanmoqda
    17.09.2021

    Bugungi kunda Navoiy viloyatida 411 ta saylov uchastkalari mavjud bo‘lib, ular telekommunikatsiya va internet xizmatlari bilan ta’minlanmoqda.

    Jumladan, 405 ta saylov uchastkalari simli telefon aloqasi va internet xizmatlariga ulangan bo‘lsa, 1 ta saylov uchastkasi mobil telefon va mobil internetga ulangan hamda 5 ta saylov uchastkalari sun’iy yo‘ldosh orqali telefon va internet tarmog‘iga ulandi.

    Shu bilan birga chekka va olis cho‘l hududlarida joylashgan saylov uchastkalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish hamda yaqindan yordam ko‘rsatish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari viloyat markazidan 250 km. uzoqlikda joylashgan Tomdi tumanidagi saylov uchastkalarida bo‘lib, saylov jarayonlariga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

    Tomdi tumanida 20 ta saylov uchastkasi joylashgan bo‘lib, shundan 19 tasi simli hamda 1 tasi sun’iy yo‘ldosh orqali telefon va internet tarmog‘i bilan ta’minlangan.

    Shuningdek, har bir saylov uchastkalariga o‘rnatilgan kompyuterlarning texnik xususiyati belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganib chiqildi.

    Manba: Axborot xizmati