Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity universitetida “Orientation Day” bo‘lib o‘tdi
    15.09.2021

    Unda talabalar Universitetning 2021-2022 o‘quv yili dasturi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, Universitet tarixi, uning asoschilari va ichki tartib nizomlari bilan tanishishdi.

    Shu bilan birga, yangi talabalar bilan universitet hayoti haqida qiziqarli suhbat uyushtirildi. Bundan tashqari, birinchi kurs talabalarining bir-birlari bilan yanada yaqinroq tanishishi uchun qiziqarli o‘yinlar tashkillashtirildi.

    Shuni ta’kidlash joizki, talabalar universitetga tashriflari davomida talabalar hayoti va muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud bo‘lib, 16-sentabr kuni, 2-“Orientation Day” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati