eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Kogon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
    15.09.2021

    Buxoro viloyati Kogon shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kogon shahar hokimi, Kogon shahar Xalq qabulxonasi rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. 

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Kogon tumani va shahrida istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, soha korxonalaridan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash jarayonlari o‘rganildi.

    Sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, Kogon shahar hokimligi, Kogon shahar Xalq qabulxonasi, “Uzkomnazorat” Buxoro viloyat hududiy inspeksiyasi hamda soha tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

    Vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi vakillari telekommunikatsiya xizmatlari, pochta, televideniya, mobil aloqa hamda ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq savollariga javob olib, yangiliklar bilan tanishdilar.

    Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda fuqarolar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga daxldor o‘zlarini qiynayotgan muammolarni, masalalarni ko‘tarib chiqdilar. AKT sohasi rivoji uchun muhim bo‘lgan bu masalalar qatorida, yurtdoshlarimiz sohani rivojlantirish yuzasidan taklif va istaklarini bildirdilar.

    Mobil aloqa va “O‘zbektelekom” AK ko‘chma savdo shaxobchalari tomonidan sayyor qabulga kelgan fuqarolardan xizmatga ulanish uchun arizalar qabul qilindi va aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal qilib berildi.

    Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga o‘rganib chiqib ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati