Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyati Shirin shahrida “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
    15.09.2021

    Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi  IT Park Sirdaryo viloyati filiali xamda Shirin shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

    Seminarda IT Park Sirdaryo viloyati filiali, Shirin shahar hokimligi va Shirin shahar Xalq ta’limi bo‘limi rahbar va xodimlari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

    Seminar davomida yoshlarga hozirgi kunda axborot texnologiyalari soxasida amalga oshirilayotgan ishlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlar va yaratilayotgan shart-sharoitlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz elektron portalidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha tushunchalar berildi.

    Manba: Axborot xizmati