Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Endilikda ID-kartalarni yangi usulda rasmiylashtirish mumkin
    14.09.2021

    O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish sxemalarining yangi tahriri tasdiqlandi.

    Unga ko‘ra:

    • 55 yoshga to‘lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga keluvchi XXR (turistlar guruhlari tarkibida), AQSh va Vetnamning fuqarolari uchun 50 dollar miqdorida yig‘im bekor qilindi;
    • 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ular bir vaqtning o‘zida soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hamda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yiladi. Fuqaroning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida DSQ va AT «Xalq banki»ga taqdim etib boriladi;
    • O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 1 yil muddatgacha ko‘p martalaik vizani rasimylashtirish uchun konsullik yig‘imi $175 miqdorida undiriladi, basharti O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shu jumladan paritet prinsipi qo‘llanilgan holda;
    • «Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan transport vositalarini boshqarish huquqi uchun ishonchnomani tasdiqlash uchun»   erga (xotinga), ota-onaga, bolalarga va nabiralarga belgilangan stavkaning 5 foizi,   aka-ukalar hamda opa-singillarga belgilangan stavkaning 15 foizi ustunida yig‘im miqdori belgilangan;
    • fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan ariza-anketani YaIDXP orqali elektron tarzda yuborishlari mumkin. Bunda, ariza-anketani elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalashning boshqa vositalari bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

     

    Manba: Axborot xizmati