Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahar Yashnobod tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
    13.09.2021

    Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va fuqarolarni muammosini hal etish, ertangi kunga ishonchni oshirish maqsadida tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda soha xodimlari tomonidan kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida qonuniy hal etib kelinmoqda.

    Toshkent shahar Yashnobod tumani “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan aholini sohaga aloqador muammo va kamchiliklarini o‘rganish hamda tezkor choralar ko‘rish, ularni hal etish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi,  Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtrokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

    Ushbu sayyor qabulni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mobil aloqa qamrovini yaxshilash, Internet xizmatlarini sifatli joriy etish, pochta xizmatlari, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish hamda har bir murojaat ortida inson taqdiri borligiga alohida e’tibor qaratilayotganligi  ta’kidlab o‘tildi.

    Tushgan murojaatlarni aksariyati ishchi guruh tomonidan shu kunning o‘zida joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi va aloqa tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi. Shuningdek, har bir murojaatchining murojaatlari o‘rnatilgan tartibda nazoratga olindi. O‘rganish talab qilinadigan masalalar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli soha korxonalari rahbarlariga topshiriqlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati