Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbekiston Pochtasi” AJ Xorazm filiali Yangiariq pochta aloqa bog‘lamasi xodimlarining ish faoliyati bo‘yicha ma’lumot
    20.08.2021

    “Yangiariq_bugun_tg” telegramm ijtimoiy tarmog‘i kanalida 2021 yil 18 avgust kuni “Yangiariqda rochtaga bog‘lanish uchun buxgalteriyasiga qung‘iroq qilish kerakmi” mavzusida maqola chop qilingan, hamda Yangiariq pochta aloqa bog‘lamasi xodimi bilan bo‘lgan suhbat yozib olingan audioyozuv joylashtirilgan.

    "O‘zbekiston pochtasi"AJ Xorazm filiali tomonidan ushbu maqola bo‘yicha 2021 yil 18 avgust kuni o‘rganish ishlari o‘tkazilgan va haqiqatdan ham muomala zalining telelfon liniyasi nosoz axvolda bo‘lganligi sababli ishlmasdan turganligi aniqlangan. Qayd etilgan muammo shu kunning o‘zidayoq "Xorazmtelekom" filiali Yangiariq tuman bog‘lamasi tomonida to‘liq bartaraf qilinib muomala zalining telefon raqami ishchi holatga keltirilgan. Ushbu maqoladagi audioyozuvda Yangiariq pochta aloqa bog‘lamasi ishlab chiqarish muxandisi Sapayeva Nilufar bilan suxbat qilinganligi ma’lum bo‘lgan. Xorazm filiali tomonidan telegram ijtimoiy tarmog‘ining “Yangiariq_bugun_tg” bo‘limiga ushbu maqola bo‘yicha rasmiy ma’lumot yo‘llangan. Mazkur holat bo‘yicha "O'zkomnazorat" Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasiga ham 2021 yil 25 avgust kuni 45-02-01/709-sonli xat bilan rasmiy ma’lumot berilgan. Kelgusida yuqoridagi

    kamchiliklarni takrorlanmasligi va mijozlarga qulay shart-sharoitlarda sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Xorazm filiali tomonidan tushutirish ishlari olib borilgan va nazoratga olingan.