Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Amiti universitetida xalqaro ekspertlar ishtirokida forum bo‘lib o‘tdi
    26.08.2021

    Bugun 26-avgust kuni Toshkent shahridagi Amiti universitetida jahondagi AKT sohasida yetakchi xalqaro ekspertlaridan biri, NASA kompaniyasining yuqori malakali dasturchilari rahbari Maykl Gerard Xinchi bilan onlayn forum bo‘lib o‘tdi.

    Toshkent shahridagi Amiti universiteti  tomonidan tashkil qilingan ushbu forumda olimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.  Ushbu seminar “Xalqaro professor-o‘qituvchilar muhokamalari forumi” turkum dasturlarining birinchisidir. Uning asosiy maqsadi Respublikamizdagi olimlar faoliyatni rag‘batlantirish va ularni dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassis olimlari bilan samalari muloqotni tashkil etishdan iborat.Shu bilanbirga pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada yahshilashga ko‘maklashishdir.

     

    Ma’lumot uchun:

    Maykl Gerard Xinchey – Irlandiya dasturiy muhandislik tadqiqot markazining direktori. U qator yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar tomonidan qator mukofotlarga sa’zovor bo‘ldi:

    • NASA dasturiy ta’minotni ta’minlash tadqiqotiga qo‘shgan hissasi uchun 2012 yilgi NASA mukofoti

    • NASA Kerley mukofoti 2009 - Yil tadqiqotchisi

    • Tribal kollejida elektrotexnika bo‘yicha birinchi 4 yillik kollej darajasini olgani uchun NASA faxriy mukofoti 2008

    • Buyuk Britaniyaning Yetuk matematik mukofoti

    • Buyuk Britaniyaning Yetuk muhandis mukofoti

    • Buyuk Britaniyaning Yetuk professional muhandis mukofoti

    • Buyuk Britaniyaning Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis mukofoti

    • Avstraliya muhandislar instituti, ilmiy xodim faxriy unvoni

    • Buyuk Britaniya kompyuter jamiyati, ilmiy xodim faxriy unvoni

    • Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti, katta a’zosi

     

    Manba: Axborot xizmati