eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Maxmudjon Imamkariyevni 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan AKT vaziri tabrikladi
    20.08.2021

    Bugun 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat feld’egerlik xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Maxmudjon Imamkariyevni tavallud topgan kuni va 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov samimiy tabrikladi.

    - Siz uzoq yillar davomida Davlat feld’egerlik xizmatida rahbarlik lavozimlarida samarali xizmat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hukumati, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hujjatlar almashinuvini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlab kelmoqdasiz.

    Mehnat faoliyatingiz davomida Sizga yuklatilgan barcha vazifa va topshiriqlarni sidqidildan ado etgan holda yelkama-yelka xizmat qilib kelayotgan safdoshlaringizga bo‘lgan samimiy munosabatingiz, boy tajriba va yetuk bilimingiz bilan soha mutaxassislari o‘rtasida alohida hurmat va e’tiborga egasiz, - dedi AKT vaziri Sh. Sodiqov.

    Bugungi kunda Maxmudjon Imamkariyevning mehnatsevarligini, kamtarlik va qat’iyatlilik kabi fazilatlarini respublikamizdagi barcha aloqachilar biladi va hurmat qiladi.

    Manba: Axborot xizmati