Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "World AI & Data Challenge" xalqaro ma'lumotlar xakatoni o'tkaziladi
    09.08.2021

    IT Park, Strategik tashabbuslar agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda joriy yilning 21-22 avgust kunlari mukofot jamg'armasi 5,5 million rubl bo'lgan "World AI & Data Challenge" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ma'lumotlar xakatonini o'tkazadi.

    Xakaton onlayn tarzda o'tkazilib, eng yaxshi ishlanmalar xalqaro darajadagi finalga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu xakatonda MDH davlatlari, jumladan, O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Belarus, Moldova va Rossiyadan vakillar ishtirok etadi.

    Ma'lumotlar xakatonida sun'iy intellekt va ma'lumotlar dasturlarini ishlab chiqishga qiziqqan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning asosiy vazifalari: tibbiyot, ekologiya va ijtimoiy sohadagi innovatsion loyihalarni taqdim etishdir.

    Musobaqa uch bosqichdan iborat bo'ladi:

    1-bosqich - vazifalar bellashuvi - unga ko'ra xakaton ishtirokchilari (ishlab chiquvchilar) ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda yechimlar ishlab chiqishlari kerak;

    2 -bosqich - yechimlar tanlovi - xakaton ishtirokchilari tomonidan ijtimoiy muammolarni hal qilish yo'llarini ishlab chiqish bilan ikki kunlik onlayn xakaton o'tkazish rejalashtirilgan;

    3 -bosqich - amalga oshirish tanlovi - bu bosqichda ishlab chiqilgan yechimlar vazifalarga muvofiq amalga oshiriladi.

    IT Park, O'zbekiston vakili sifatida, tanlov doirasida ishtirokchilar oldiga uchta vazifani qo'ydi:

    1. Mamlakatda kambagʻallikka qarshi kurashish profilaktika qilishning innovatsion usulini ishlab chiqish, maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashni avtomatlashtirish;

    2. Yurak-qon tomir kasalliklari bilan ogʻrigan bemorni miokard infarkti va yurak fibrilatsiyasini oldini olish maqsadida mashina oʻqitish yordamida arduino va smartfon orqali masofadan kuzatib borish tizimini ishlab chiqish;

    3. Mamlakatdagi mehnat bozori – talab va taklifning tendentsiyalarini, ish beruvchilarning ish izlovchilarning malakalariga, shuningdek, ish izlovchilarning oʻzlarining xohishlariga boʻlgan talablarini tushunish kerak.

    Tanlovning yakuniy bosqichiga chiqqan ishtirokchilar dunyoning etakchi maktablari va universitetlarining axborot texnologiyalari bo'yicha onlayn kurslariga to'liq kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu ularga yakuniy taqdimotga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishga, notiqlik mahoratini oshirishga va innovatsion dizaynlarini maksimal darajada oshirishga yordam beradi.

    Ro'yxatdan o'tish havolasi:

     https://leader-id.ru/events/216501

    Siz, shuningdek, quyidagi havola orqali xakatonda qatnashmasdan, loyihaga o'zingiz qo'shilishingiz va kerakli vazifalarni o'zingiz bajarishingiz mumkin:

    https://datamasters.ru/aianddata

    Qo'shimcha ma'lumot uchun- “DataMasters” telegram chati.

     

    Manba: Axborot xizmati