Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o'qituvchi va talabalari Oracle Academy kurslarida o‘qishlari mumkin
    02.08.2021

    Toshkent shahridagi Inha universiteti Oracle kompaniyasi bilan birgalikda o‘z professor-o'qituvchi va talabalari uchun Oracle Academy kurslarida bepul ta’lim olish imkonini yaratib berdi.

    Oracle Academy kurslari IT sohasida professional ta’lim olishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari bo‘lib, IT bozorida jahondagi yetuk kompaniyalaridan biri – Oracle tomonidan tashkil etilgan. Oracle Academy o‘quv dasturi tinglovchilarga AKT sohasidagi dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishga imkon beradi.

    Oracle Academy kurslari doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o'qituvchi va talabalari quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha o‘ishlari mumkin:

    • Java dasturlash;
    • ma'lumotlar bazalarini loyihalashtirish va ular bilan ishlash;
    • Oracle Primavera yordamida loyihalarni boshqarish.
       

    Kurslar haqida batafsil ma'lumot quydagi havola orqali olishingiz mumkin: https://academy.oracle.com/ru/solutions-curriculum.html

     

    Manba: Axborot xizmati