Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi
    29.07.2021

    Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini royobga chiqarish, ularni kompyuter texnologiyalari hamda dasturlash sohasida bilim va konikmalarini oshirish, axborot texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida respublika boylab Raqamli texnologiyalar oquv markazlari bosqichma-bosqich barpo etilmoqda.

    Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida  o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu o‘quv markaz Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan o`ninchi o‘quv markazi hisoblanadi. 

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Dehqonobod tumani hokimligi, keng jamoat vakillari hamda shahar yoshlari ishtirok etishdi.

    Mazkur markazda aholi va yoshlarning hamda davlat boshqaruv organlari xodimlarining axborot texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqishga jalb etish uchun mo‘ljallangan.

     

    Manba: Axborot xizmati