Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari taqdirlandi
    27.07.2021

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov natijasiga ko‘ra, TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Sirdaryo viloyatidan 2 nafar o‘qituvchilar taqdirlandi.

    “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi IT Park Sirdaryo filialida o‘tkazildi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, IT parkning Sirdaryo filiali mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan ushbu “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati