Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan viloyatida “Bir millon dasturchi” loyihasi doirasida faol o`qituvchilar taqdirlandi
    27.07.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ-4851-son qaroriga muvofiq 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va IT-parkning mablag‘lari hisobidan har yili bir martalik mukofotlash tizimini joriy qilingan edi.

    Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamiz bo‘ylab 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari tanlab olingan bo‘lib,  12 nafar o‘qituvchi Namangan viloyatidandir.

    Namangan shahridagi IT-school o`quv markazida joriy yilning 19-iyul kuni IT ta’lim va “Bir million dasturchi” loyihasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun 12 nafar o‘qituvchilarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Namangan viloyai hududiy boshqarmasi, Xalq ta’limi boshqarmasi, IT-Park Namangan filiali rahbariyati ishtirok etib, o‘qituvchilarga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda mukofot pullari topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati