Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “RRTM” DUK tomonidan rejali profilaktika o‘tkazilishi to‘g‘risida
    05.07.2021

    O'zbekiston Respublikasi aholisiga televidenie dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta'minlash maqsadida Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi - «RRTM» DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o'chirib, profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.

    “RRTM” DUKning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatkichlarida, antenna-fider tizimlarida va sunʼiy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida yarim yillik profilaktika ishlari joriy yilning 6-30 iyul kunlari o‘tkaziladi (jadval ilova qilinadi).

    14 iyul kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha (13 iyuldan 14 iyulga o‘tar kechasi) raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va soat 01:00 dan 10:00 gacha teleradio uzatkichlarda yarim yillik profilaktika o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo‘yicha raqamli teledasturlarni (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlaridan tashqari) tarqatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda Toshkent shahrida va bir qator viloyatlarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish to‘xtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.

    Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham 6-28 iyul kunlari soat 01:00 dan 10:00 gacha davlat, nodavlat, mahalliy va “Uzdigital TV” MCHJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida yarim yillik profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    To'xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o'zgartirish tavsiya etilmaydi.

     

    Manba: Axborot xizmati