Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT Vaziri yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni tabrikladi
    28.06.2021

    27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

    Unga ko‘ra, AKT sohasini yoritadigan jurnalistlar  Qosimov Zafarjon Olimjonovich – “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali muxbiri hamda Nasimov Baxtiyer Azimovich - Toshkent shahri «Coscom» mas’uliyati cheklangan jamiyatining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, bloger “Shuhrat” medali bilan  taqdirlangan edilar.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Vazirlikda  yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan AKT sohasini yoritadigan jurnalistlarni  ushbu  mukofotlar  bilan samimiy muborakbod etdi.

    - Bugungi kunda doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan jurnalistlarning mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi beqiyosdir. Bugunning jurnalisti serqirra ijodkor bo‘lmog‘i kerak- deb ta’kidladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov.

     

    Manba: Axborot xizmati